Ответ:
Объяснение:MA’RIFAT VA ISTIQLOL FIDOYISI
Ashurali Zohiriy XX asrning boshlari va 20-yillarda Turkistondagi madaniy va ma'rifiy hayotning taniqli namoyandalaridan biri edi. Lekin u 30-yillar oxirida qatag‘onga uchrab, hayoti va faoliyati, merosi uzoq yillar o‘rganilmay kelindi. 50-yillar oxirlarida rasman oqlangandan keyingina Ashurali Zohiriy biografiyasiga doir ma'lumotlar ko‘rina boshladi.
Ashurali Zohiriy 1885 yilda Muqimiy, Furqat, Hamza, Zavqiy kabi mashhur shoirlar vatani - Qo‘qon shahri yaqinidagi Oyim qishlog‘ida tavallud topadi. U dastlab shu yerdagi eski usuldagi maktabda, so‘ng Madalixon madrasasida o‘qiydi. Bu yerda u arab, fors tili, sharq klassik va ayniqsa o‘zbek klassik adabiyotining buyuk namoyandalari asarlarini muhabbat bilan o‘rgana boshlaydi. 1908-1913 yillarda o‘zi dars bergan "Yangi usul" maktabida ularning asarlaridan ma'naviy-ma'rifiy tarbiya quroli sifatida foydalanadi.