Ответ:
Tabiat boyliklari orasida suv alohida o’rin tutadi. Chunki barcha tirik jonzotlar hayotining asosiy manbai suvdir. Suvsiz hayot bo’lishi mumkin emas. Hattoki ota bobolarimiz suvni toza saqlashga, undan oqilona foydalanishga alohida e’tibor berganlar.
Har doim odamlanni suv bilan ta’minlash masalasi muammo bo’lib kelgan. Hattoki, hozirgi paytda ham Gretsiya, Gollandiya, Germaniya, Shveysariya, AQSH va boshqa ko’plab mamlakatlarda ichimlik suvi bilan ta’minlash bosh masaladir.
Hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida va ekologik tanglik bor paytda mustaqil O’zbekiston Respublikasining fuqarolari tabiatning barcha boyliklari qatori, suv resurslariga ehtiyojlari benihoya katta. Kelajak avlo-dimizning taqdiri, baquvvatligi, sog’ligi obi-hayotimiz bilan bog’liq ekan, demak, ayni shu kunlarda qabul qilinayotgan suv tog’risidagi qonun, qaror va farmonlar, suv boyliklaridan oqilona foydalanish, uni bulg’anish va ifloslanish hamda kamayib ketishidan saqlash ishiga ko’maklashishi lozim. Asosan suv resurslarini huquqiy ekologik muhofaza qilish maqsadida huquqiy ilmiy yo’nalishni kuchaytirish maqsadga muvofiqdir.
Yuqoridagi talablar hamda suv resurslaridan foydalanish va ularni huquqiy muhofaza qilish, umuman olganda suv resurslari bilan bog’liq barcha muammolar, O’zbekiston Respublikasining "Suv va suvdan foydalanish to’g’risida”gi 1993-yil 6-mayda qabul qilingan qonunida1 o’z aksini topdi.
Объяснение:сочинение