Fikrga munosabat bildiruvchi soʻzlardan foydalanib, "Suv - hayot manbai" mavzusida matn...

0 голосов
721 просмотров

Fikrga munosabat bildiruvchi soʻzlardan foydalanib, "Suv - hayot manbai" mavzusida matn tuzing​


Оʻzbek tili (22 баллов) | 721 просмотров
Дан 1 ответ
0 голосов

Ответ:Darhaqiqat, suv tabiatning bebaho in’omidir, suvsiz yer yuzida hayot bo’lmas edi. Olimlarning ko’pchiligi ham ilk sodda organizmlar suvda paydo bo’lganini tan olishadi. Suvbor ekan o’simliklar dunyosi, hayvonot olami va biz insonlar tirikmiz. Qadim zamonlardanoq, insonlar suvni muqaddas bilib suvni e’zozlashgan, suvga sig’inishgan, suv manbalari bor joylarga, buloq, soy–daryo, ko’llar bo’ylarida va ularga yaqin joylarda, insonlar o’zlarining yashash joylarini barpo etishgan. Suvdan omilkorlik bilan foydalanib dehqonchilik bilan shug’ullanishgan. Vatanimiz hududida bundan III ming yil oldin yaratilgan zardo’shtiylikning muqaddas kitobi "Avesto”da ham, suvning naqadar muqaddas ne’matligi, borliqning tirikligi u bilan bo’g’liq ekanligi ta’kidlanadi. O’sha paytda kimki suvga tupursa, ahlat tashlasa, suvni bulg’asa, u hoh hokim–to’ra bo’lsin, xoh oddiy inson uni qattiq jazolashgan va o’z saflaridan uni badarg’a qilishgan.

Gidrosfera har doim yerning biosfera qatlamiga ta’sir ko’rsatib kelgan. Barcha turdagi o’simliklar, hayvonlar tanasi va organizmida, tabiatdagi mineral cho’kindi tog’ jinslarning va yer, tuproqning tarkibida hamda atmosferada ma’lum miqdorda suv mavjuddir. Yer yuzida suv 3 xil holatda uchraydi, bular: suyuq, gaz (bug’) va muz holatidir. Suv hayotning asosiy omili bo’lib, o’simlik tanasining 80-90%, hayvon organizmining 75%, inson tanasining 2/3 qismini, yoki 70% dan ko’prog’ini suv tashkil qiladi. Suvning ta’sirida organizmdagi barcha hujayralarda modda almashinish jarayoni amalga oshadi. Organizmga qabul qilingan ozuqa moddalaridan hosil bo’ladigan turli birikmalar suv vositasida tegishli to’qima hujayralariga yetkaziladi va o’zlashtiriladi. Tirik tanadagi qon va go’shtning 80%ga yaqini suvdan iborat. Tibbiy ma’lumotlarga ko’ra, inson tanasida 6-8% suv yo’qotilganda, inson tanasining harorati ko’tarilib, teri qismi qizib, yurak urishi va nafas olishi tezlashadi. Natijada, butun organizmda chuqur holsizlik paydo bo’lib, insonning boshi og’riydi. Agar inson tanasidagi 12 % suv yo’qolsa, insonning halok bo’lish muqarrardir. Xususan, 40 C shimoliy va 40 daraja janubiy kengliklarda mo’tadil iqlim sharoiti hukmron bolib, har bir inson organizmi uchun bir kecha-kunduzda, o’rtacha 2-3 litr suv zarur bo’ladi. Issiq iqlim mintaqalarida esa bir kishi uchun kuniga 6-8 litr suv zarur bo’lar ekan.

Sayyoramiz hududining 3/4 qismini suvli muhit ishg’ol etgan bo’lib, uning jami zaxirasi 1,5 mlrd km.kubga tengdir. Shu miqdorning 94%ni o’ta sho’r dengiz va okeanlar suvi tashkil etadi. Yer qutblari va baland tog’lardagi muzliklar tarkibida esa, yerdagi umumiy suvning faqat 2,2 % gina mavjud. Daryo, ko’l, buloq va turli xil yer osti chuchuk suvlarining ulushi atigi 0,6 % ni tashkil qiladi. Yer yuzidagi quruqlikdan har yili 41500 km.kub suv oqib chiqib okeanga tushadi. Bu suv miqdori Baykal ko’li suvidan 1,5 baravar ko’p demakdir. Quruqlikdagi yillik suv oqimining 56% Atlantika okeaniga va Arktika suv havzalariga, 44 % Tinch va Hind okeani suv havzalariga, 2,5% berk suv havzalariga to’g’ri keladi. Bu ko’rsatkichlardan ko’rinib turibdiki, sayyoramizda chuchuk suv zahiralari kam bo’lib, yer yuzi bo’ylab juda notekis taqsimlangan. Suv bilan ekvatorial va mo’tadil mintaqalar boshqa mintaqalarga nisbatan yahshiroq ta’minlangandir.

Quruqlikdagi asosiy chuchuk suv manbai bu – daryolardir. Daryolarning bir yillik suv sarfi 47 ming km.kubga teng. Biroq ayrim hududlar ayniqsa, Afrika, Avstraliya materiklari, Arabiston yarim oroli suv bilan juda kam ta’minlangan. Yer yuzi aholisining faqat 1/3 qismigina sifatli suv ichmoqda, yana 1/3 qismi sifatsiz suv ichmoqda, qolgan qismi esa suvga bo’lgan ehtiyojini kam qondirmoqda yoki umuman qondirmayopti. Yer sharida 2,5 mlrd aholi toza suvga muhtojdir. Har yili 3 mln kishi suv yetishmasligidan vafot etadi. Yer shari aholisining 25% suv taqchil hududda yashaydi.

Объяснение:

(14 баллов)
0

спасибо большое ✨