Ответ:
ОбъясненQirgʻizistonda miloddan avvalgi 7–6-asrlarda sinfiy jamiyat vujudga kelgan. Mamlakat 6–12-asrlarda Turk xoqonligi, qarluqlar, Qoraxoniylar davlatlari tarkibida boʻlgan. 13-asr – 16-asrning birinchi yarmida moʻgʻullar, oyrotlar qoʻl ostiga oʻtgan. 15-asrning ikkinchi yarmida qirgʻiz elati shakllanib boʻlgan.
Qoraqirgʻiz avtonom oblasti oʻlaroq 1924-yilda tashkil topgan Qirgʻiziston SSR 50 yilligiga bagʻishlangan marka
Qirgʻiziston SSR tuziladigan hudud 19-asrning birinchi yarmida Qoʻqon xonligi tarkibida boʻlgan. 19-asrning 60–70-yillarida ushbu hududni Rossiya qoʻshib olgan. 1917-yil noyabr – 1918-yil iyunida Sovet hokimiyati oʻrnatilgan. 1921-1922-yillarda yer-suv islohoti amalga oshirilgan.
Oʻrta Osiyoning milliy davlat chegaralanishi natijasida 1924-yilning 14-oktabrida Rossiya Sovet Federativ Sotsialistik Respublikasi tarkibida Qoraqirgʻiz avtonom oblasti (ruscha: Кара-Киргизская автономная область) tashkil etilgan. Oblast nomi 1925-yilning 25 mayida Qirgʻiziston avtonom oblasti (ruscha: Киргизская автономная область) deb oʻzgartirilgan. 1926-yil 1-fevralda Qirgʻiziston Avtonom Sotsialistik Sovet Respublikasiga (ruscha: Киргизская Автономная Социалистическая Советская Республика) aylantirilgan.
Qirgʻiziston Avtonom Sotsialistik Sovet Respublikasi 1936-yil Qirgʻiziston SSR nomi bilan toʻliq ittifoqdosh respublika boʻlgan. 1937-yil Qirgʻiziston SSR Kommunistik partiyasi tashkil topgan.
1990-yilning 15-dekabrida Qirgʻiziston SSR suverenitet eʼlon qildi. 1991-yilning 31-avgustida esa respublika oʻz mustaqilligini eʼlon qildi. Qirgʻiziston mustaqilligi 1991-yilning 26-dekabrida Sovet Ittifoqi parchalanib ketganidan keyin tan olindi.
ие: