San'at olami gap tuzish​

0 голосов
569 просмотров

San'at olami gap tuzish​


Оʻzbek tili (12 баллов) | 569 просмотров
Дано ответов: 2
0 голосов

Ответ:

San'at olami

San'at olami juda ham turli sohalarga boy. Masalan, rassomchilik, qo'shiqchilik va insonlarni ilhomlantirib ish qilishiga undaydigan narsa san'atning turlari hisoblanadi. San'at olamiga kiradigan inson juda ham mard va san'atni sevivchi bo'lishi kerak.

Объяснение:

(234 баллов)
0 голосов

Ответ:Sanʼat — ijtimoiy ong va inson faoliyatining oʻziga xos shakli. S. qadimiy tarixga ega boʻlib, u jamiyat taraqqiyotining ilk bosqichlarida mehnat jarayoni bilan, kishilar ijtimoiy faoliyatining rivojlanishi bilan bogʻliq holda vujudga kela boshlagan. Ibtidoiy S.ning dastlabki izlari soʻnggi paleolit davriga, taxminan mil. av. 40—20ming yillikka borib taqaladi. U davrda hali S. inson faoliyatining mustaqil shakli sifatida ajralib chiqmagan edi. Chunki maʼnaviyat moddiy i.ch. bilan qorishiq holatda edi. Keyinchalik madaniyatning oʻsishi natijasida S. alohida soha sifatida astasekin ajrala bordi.

S. odamlarning estetik talablarini qondirish bilan birga, oʻz taraqqiyotining turli davrlarida jamiyat aʼzolarini maʼlum ruxda tarbiyalash, ularni akliy va hissiy jihatdan rivojlantirish vositasi sifatida xizmat qilib kelgan, ularning turli maqsad, histuygʻu, manfaat, ideallarini ifoda etgan. S. ijtimoiy ongning boshqa shakllaridan oʻzining predmeti, mazmuni, voqelikni ifoda etish usuli va uslubi, ijtimoiy hayotda tutgan oʻrni hamda vazifalari jihatidan farq qiladi. S insonning moddiy va maʼnaviy faoliyatidagi bilimi, tajribasi, mahorati va qobiliyatlarini namoyon etuvchi badiiy ijodiyot mahsulidir. Estetik tafakkur tarixida S. narsa va hodisalarni qanday boʻlsa shunday aks ettirish va hayotni goʻzallik qonunlari asosida badiiy ifodalash gʻoyalari sari yuksalib bordi. Tabiat, jamiyat va insonning ijtimoiy, maʼnaviy, milliy dunyosi S. predmeti hisoblanadi. Voqelik qaysi shaklda badiiy ifoda etilmasin, ijodkor unga maʼlum ijtimoiyestetik ideal nuqtai nazardan munosabat bildiradi va oʻz estetik bahosini beradi.

S.ni tushunish, uning kiplutar hayotidagi oʻrnini aniqlash masalasi butun madaniyat tarixi davomida jiddiy bahslarga sabab boʻlgan. Shunga koʻra, S. mazmuni obʼyektiv va subʼyektiv, hayotiy va xayoliy omillar birligidan tashkil topadi. S.ning ijtimoiyestetik vazifalari juda keng va xilmaxil. S. — inson uchun estetik zavqshavq manbai; inson hayotiga goʻzallik baxsh etadi; odamlarda voqelikka nisbatan hissiy munosabatni shakllantiradi; hayotni kuzatish, oʻrganish va bilish vositasi; hayotni inson orzu qilgan tomonga oʻzgartirishda yordam beradi; tarbiya vositasi; hayotdagi goʻzallikdan ilhrmlanishga, xunuklikdan nafratlanishga chorlaydi; odamlar s, orasidagi maʼnaviy koʻprik, muloqot ! vositasi; odamlarning badiiyestetik didini tarbiyalaydi, ularda maʼlum dunyoqarashni shakllantiradi va h.k. S. jamiyat maʼnaviy hayotining boshqa hodisalari (fan, mafkura, axloq) bilan maʼlum darajada bogʻlikdir. S.ning maqsadi dunyoni badiiy oʻzlashtirish, odamga lazzat baxsh eta oladigan, uni maʼnaviy boyita oladigan asarlar yaratish yoʻli bilan kishilarning estetik ehtiyojlarini qondirishdan iborat. S. asarlarining diqqat markazida insonlar, ularning ijtimoiy aloqasi va oʻzaro munosabatlari, muayyan tarixiy sharoitlardagi hayoti, faoliyati turadi. Shuning uchun ham S. asarlari beradigan maʼrifiy bilim muayyan mamlakat, millat yoki bir tarixiy davr va shaxslar haqidagi ilmiy asarlardan olingan maʼlumotlardan farqqiladi. S.ning tarbiyaviy kuchi unda ifoda etilgan kechinma va obrazlarning har bir oʻquvchi, tomoshabinning qalbiga kirib borishi, ularda zavqiy hissiyotlarni uygʻotishidadir.

S turli koʻrinishlari bilan oʻziga xos badiiyestetik qadriyatlarni toʻplash, saqlash va boshqalarga uzatish xususiyatiga ega boʻlgan estetik tizimni tashkil etadi. S. tasviriy sanʼat, meʼmorlik, rassomlik, haykaltaroshlik, musiqa, teatr, kino, sirk, badiiy adabiyot, xoreografiya va boshqalarni oʻz ichiga oladi. S.ning turlari oʻz predmeti, tasvir vositalari va ifoda imkoniyatlari jihatidan birbiridan farq qiladi. Mac, adabiyotda asosiy ifoda vositasi boʻlib til xizmat qiladi; tasviriy S.da boʻyok/iap orqali konkrethissiy obraz gavdalantiriladi; teatrda pyesa qaxramonlarining siymosi aktyorlarda oʻz aksini topadi. S. barcha ijtimoiy ong shakllari singari oʻz taraqqiyot qonuniyatlariga ega. Bu qonuniyatlar S.ning oʻz ichki xususiyatlaridan kelib chiqsada, ijtimoiy taraqqiyot bilan bogʻliq boʻlgan xalq, millat, elat, mamlakat va jahon sivilizatsiyasi darajasi bu qonuniyatlarda oʻz ifodasini topadi. S. qonuniyatlarini estetika, sanʼatshunoslik oʻrganadi.

Объяснение:

(66 баллов)